Chexiya: Charlz universiteti stipendiya dasturi 2024

Chexiyaning nufuzli Charlz universiteti bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

4
Chexiya: Charlz universiteti stipendiya dasturi 2024

Chexiyada ta'lim: Charlz universiteti stipendiyasiga qanday topshirish kerak?

Chexiyaning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Charlz universiteti xalqaro talabalar uchun yangi stipendiya dasturini e'lon qildi. Dastur butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD bosqichida o'qish istagida bo'lgan nomzodlar uchun mo'ljallangan.

Charlz universiteti stipendiyasi

Stipendiya dasturi shartlari va hujjatlar

Grantga ega bo'lish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi:

  • Moliyaviy yordamga bo'lgan ehtiyojni asoslovchi ariza shakli (yuklab olish).
  • Charlz universitetida o'qishdan kutilayotgan natijalar haqida 1000 so'zdan iborat motivatsion xat.
  • Ikki dona tavsiyanoma.
  • Barcha hujjatlar ingliz tilida bo'lishi yoki tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi shart.

Nomzodlarning oldingi akademik natijalari ham qabul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Abituriyentlar uchun xorijiy universitetlarga kirish bo'yicha ko'proq ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

Moliyaviy qo'llab-quvvatlash va muddatlar

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan talabalarga yashash xarajatlarini qoplash uchun 3 000 yevro miqdorida bir martalik stipendiya ajratiladi. Grant har yili qayta baholanadi.

  • Ariza topshirish muddati: 30-aprelgacha.
  • Ariza to'lovi: taxminan 35 yevro.
  • Ariza yuborish: elektron pochta orqali.

Batafsil ma'lumotlar bilan universitetning rasmiy saytida tanishing. Shuningdek, talabalar uchun dolzarb yangiliklarni kuzatib borishni unutmang.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar