Chevening grant dasturi: Buyuk Britaniyada bepul magistratura
Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Chevening grant dasturi butun dunyodan kelgan iqtidorli yoshlarga bir yillik magistratura darajasini olish imkonini beradi. Ushbu dastur to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, parvozlar, turar joy va o‘quv to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.
Dasturda kimlar ishtirok eta oladi?
- O‘zbekiston fuqarolari va Chevening dasturida ishtirok etuvchi davlatlar fuqarolari;
- Bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar;
- Kamida ikki yillik (2800 soat) ish tajribasiga ega mutaxassislar.
Talabalar uchun zarur bo‘lgan talabalar uchun foydali ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Til talablari
- IELTS: Umumiy ball – 6,5 (har bir komponent kamida 5,5);
- Pearson PTE Academic: Umumiy ball – 58 (har bir komponent kamida 42);
- TOEFL iBT: Umumiy ball – 79 (har bir komponent kamida 17-20).
Nomzodlar dasturning muqobillik shartlari haqida rasmiy sahifa orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Dasturning asosiy imtiyozlari
- O‘quv to‘lovlari va viza xarajatlari qoplanadi;
- Oylik yashash stipendiyasi va transport xarajatlari;
- COVID-19 emlash va sil (TB) testi xarajatlarini qoplash;
- Kelish kunida maxsus pul kartalari taqdim etiladi.
Ariza topshirish va hujjatlar
Nomzodlar avvalo o‘zlari uchun mos bo‘lgan 3 ta magistrlik dasturini bu yerdan tanlashlari kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘limimizni kuzatib boring.
Kerakli hujjatlar:
- Ingliz tilidagi ikkita tavsiyanoma;
- Pasport yoki shaxsiy guvohnoma;
- Universitet diplomi/baholar ko‘chirmasi;
- 3 ta tanlangan magistrlik dasturi.
ESLATMA: Hujjatlar pdf formatida bo‘lishi va 5MB dan oshmasligi shart. 
Dastur haqida batafsil ma’lumotni rasmiy vebsayt orqali olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.