Chevening stipendiyasi nima?
Chevening stipendiyalari – bu Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan nufuzli global dastur bo'lib, u iqtidorli yoshlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida bir yillik magistratura bosqichida bepul o'qish imkonini beradi. Dasturda O'zbekiston fuqarolari ham faol ishtirok etishlari mumkin.
Ustuvor yo'nalishlar
Stipendiya quyidagi sohalarda tahsil oluvchi nomzodlarga ustunlik beradi:
- Siyosat va xalqaro munosabatlar
- Huquq va davlat boshqaruvi
- Iqtisodiyot, biznes va innovatsiyalar
- Iqlim o'zgarishi, ekologiya va energetika
- Fan va Koinot
- Jurnalistika
Stipendiya qamrovi
Chevening dasturi quyidagi xarajatlarni to'liq qoplaydi:
- O'qish to'lovi
- Oyma-oy to'lanadigan stipendiya
- Borish-kelish transport xarajatlari
- Viza va dissertatsiya xarajatlari
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Bakalavr darajasiga ega bo'lish;
- Kamida 2 yillik ish tajribasi (shu jumladan ko'ngillilik va stajirovka);
- Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5, PTE 58 yoki TOEFL iBT 79);
- Buyuk Britaniya fuqarosi bo'lmaslik va avval ushbu davlatda grant asosida o'qimagan bo'lish.
O'qishga kirish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish bo'yicha qo'shimcha yangiliklarni talabalar uchun mo'ljallangan sahifamizdan kuzatib boring.
Kerakli hujjatlar
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni PDF formatida (5MB dan oshmagan holda) tayyorlashlari lozim:
- Ingliz tilidagi 2 ta tavsiyanoma
- Pasport nusxasi
- Universitet diplomi va baholar ilovasi
- 3 ta tanlangan magistrlik dasturi ro'yxati
Batafsil ma'lumot va onlayn ariza topshirish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.