UCL Global Masters Scholarship: Buyuk Britaniyada bepul ta’lim

Buyuk Britaniyaning nufuzli University College London (UCL) universitetida magistratura bosqichida bepul o’qish imkonini beruvchi grant dasturi haqida biling.

2
UCL Global Masters Scholarship: Buyuk Britaniyada bepul ta’lim

UCL Global Masters Scholarship: Buyuk Britaniyada magistratura

Buyuk Britaniyaning nufuzli University College London (UCL) universiteti rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. UCL Global Masters Scholarship dasturi akademik ko‘rsatkichlari yuqori va moliyaviy yordamga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar

Ushbu grantda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi shart:

  • Buyuk Britaniyadan tashqaridagi mamlakat fuqarosi bo‘lish;
  • Chet el fuqarolari uchun belgilangan to‘lov stavkasini to‘lash huquqiga ega bo‘lish;
  • Kam ta’minlangan yoki pastroq daromadli oiladan bo‘lish;
  • UCL universitetining kunduzgi magistratura kurslariga ariza topshirgan bo‘lish.

Siz o‘z kelajagingiz va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa dasturlar haqida ham ma'lumot olish foydali.

Grantning afzalliklari va shartlari

  • Grant summasi: £15,000 (bir yilga mo‘ljallangan).
  • Miqdori: Har yili 70 tagacha stipendiya ajratiladi.
  • To‘lov tartibi: Mablag‘ birinchi navbatda o‘qish to‘loviga yo‘naltiriladi, qolgan qismi esa yashash xarajatlari uchun uch qismda to‘lab beriladi.
  • Boshqa stipendiyalar: UCL Global Masters stipendiyasini boshqa moliyaviy mukofotlar bilan birgalikda olish imkoniyati mavjud.

Eslatma: Grant moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Natijalar iyun oyining oxirida e’lon qilinadi. Batafsil ma’lumot va qabul jarayoni bo‘yicha yo‘riqnomani universitetning rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar