Glazgo universitetida magistratura: 13,890$ lik grant
Buyuk Britaniyaning nufuzli The University of Glasgow (Glazgo universiteti) xalqaro talabalar uchun yangi grant dasturini e'lon qildi. Bu imkoniyat magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun ajoyib yangilikdir.
Grant dasturi haqida
Glazgo universiteti davlat homiyligidagi yetakchi tadqiqot maskani hisoblanadi. Grant o'quv to'lovlari uchun 10,000 funt sterling (taxminan 13,890 AQSh dollari) miqdorida chegirma sifatida taqdim etiladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Grantda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lish;
- Universitetning magistratura dasturiga qabul qilingan bo'lish;
- O'zbekiston kabi grant dasturi doirasidagi davlatlar fuqarosi bo'lish.
Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Magistratura kurslariga qabul qilingan barcha munosib nomzodlar avtomatik ravishda tanlovda ishtirok etishadi. Batafsil ma'lumotlar va yo'nalishlar ro'yxati bilan universitetning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlar
Xorijda o'qish va talabalar uchun foydali maslahatlar, shuningdek, ta'lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib borish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.