Buyuk Britaniyada magistratura: Reading universiteti granti

Buyuk Britaniyaning University of Reading universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun 4000 funt sterlinglik grant dasturiga qanday hujjat topshirish kerak?

5
Buyuk Britaniyada magistratura: Reading universiteti granti

Buyuk Britaniyada magistratura: University of Reading grant dasturi

Buyuk Britaniyada ta'lim olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat! University of Reading universiteti xalqaro talabalar uchun qisman moliyalashtirilgan magistratura grantini e'lon qildi.

Universitet haqida

University of Reading – 17000 ga yaqin talaba tahsil oladigan, 16 ta akademik maktab va xalqaro miqyosdagi kampuslarga ega nufuzli oliy ta'lim muassasasidir. University of Reading haqida batafsil ma'lumotlarni ularning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

See the source image

Grant tafsilotlari va yo'nalishlar

Ushbu dastur xalqaro talabalarni magistratura bosqichida qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Grant quyidagi sohalar uchun amal qiladi:

  • Food Economics (Oziq-ovqat iqtisodiyoti);
  • Marketing.

G'olib bo'lgan nomzodlarga 4000 funt sterling miqdorida mukofot puli ajratiladi.

Ariza topshirish va qabul talablari

Grantga ariza topshirishdan oldin universitetning magistratura dasturiga rasmiy portal orqali hujjat topshirishingiz shart. Muvaffaqiyatli nomzodlarga maxsus ariza formasi yuboriladi.

Qabul talablari:

  • Bakalavr diplomi;
  • IELTS: 6.5 ball;
  • TOEFL (iBT): 88 ball;
  • CPE: C daraja;
  • TEEP: 6.5 ball.

Ta'lim va xalqaro grantlar haqida ko'proq ma'lumot olish uchun talabalar uchun va abituriyentlar uchun bo'limlarimizga tashrif buyuring.

Batafsil ma'lumot: Rasmiy sahifa

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar