5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo’nalishlari

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma va ta’lim yo’nalishlari moslik jadvalini yuklab oling. Abituriyentlar uchun muhim qo’llanma.

4
5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo’nalishlari

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun muhim yangilik

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi. Ushbu tavsiyanoma abituriyentga alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

Tavsiyanomadan foydalanish bo‘yicha muhim eslatma

Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi yo‘nalish bilan mos kelmasa, u alohida kvota bo‘yicha tanlovda qatnasha olmaydi. Shu sababli, abituriyentlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlari bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Ta’lim yo‘nalishlari moslik jadvali

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi klassifikatorga ko‘ra, eski va yangi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish zarurati tug‘ildi. Quyidagi faylda tavsiyanomalardagi yo‘nalishlarning amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan:

Besh yillik stajga ega xotin-qizlar uchun moslik jadvalini yuklab olish

  • Tavsiyanomadagi yo‘nalishni amaldagi yo‘nalish bilan solishtiring.
  • To‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini abituriyentlar uchun ajratilgan bo'lim orqali kuzatib boring.
  • Tanlovda adashmaslik uchun rasmiy jadvalga tayanib ish tuting.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar