InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Barcha toifadagi o’qituvchilar oyligi 5 yil ichida 4 baravar oshirildi

Oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq muhim yangilik: Qisqacha mazmun:harakat qilsa, oyligi albatta ming dollardan oshadi.“Birinchi o’rinda nogironligi bo’lgan, chin yetim talabalar, kam taʼminlangan oila farzandlari uchun oliy taʼlim olishga imkoniyat yaratilmoqda.Misol uchun, nogironligi bo’lgan talabalar uchun umumiy kvotadan ikki foiz o’rinlar ajratilmoqda. O‘zbekistonda 2017-yildan beri barcha toifadagi o’qituvchilarning oylik-maoshlari to‘rt baravar oshirilgan. Bu haqda Oliy […]

1
Barcha toifadagi o’qituvchilar oyligi 5 yil ichida 4 baravar oshirildi
Oliy ta'lim muassasalari bilan bog'liq muhim yangilik:

Qisqacha mazmun:
harakat qilsa, oyligi albatta ming dollardan oshadi.
“Birinchi o'rinda nogironligi bo'lgan, chin yetim talabalar, kam taʼminlangan oila farzandlari uchun oliy taʼlim olishga imkoniyat yaratilmoqda.
Misol uchun, nogironligi bo'lgan talabalar uchun umumiy kvotadan ikki foiz o'rinlar ajratilmoqda.

O‘zbekistonda 2017-yildan beri barcha toifadagi o'qituvchilarning oylik-maoshlari to‘rt baravar oshirilgan. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Komiljon Karimov “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiysining aytishicha, hozirda OTMlarda ishlayotgan o'qituvchilar o'rtacha 10 million so'm atrofida oylik olmoqda.

“Taʼlim sifatini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashishda o'qituvchilarni moddiy rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega. 2017-yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, o'tgan besh yil ichida barcha toifadagi o'qituvchilarimizning oylik-maoshlari to'rt baravar oshirildi. Bugungi kunda OTMlarda o'qituvchilarning o'rtacha oyliklari 10 million so'mdan ancha oshgan. Aynan professor-o'qituvchilar va rahbar kadrlar to'g'risida gapirsak, ularning oyligi hozir ming dollardan ham yuqori. Bu albatta, ijobiy hol. Chunki bu orqali tizimdagi yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish va jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. harakat qilsa, oyligi albatta ming dollardan oshadi. Bugun davlat OTMlarida ilmiy unvonga ega professor-o'qituvchilar soni umumiy o'qituvchilarning 37 foizidan ortiq”, — dedi u.

Avvalroq Komiljon Karimov ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor ortganini aytgandi.

“Birinchi o'rinda nogironligi bo'lgan, chin yetim talabalar, kam taʼminlangan oila farzandlari uchun oliy taʼlim olishga imkoniyat yaratilmoqda. Misol uchun, nogironligi bo'lgan talabalar uchun umumiy kvotadan ikki foiz o'rinlar ajratilmoqda. OTMlarga kirishda ularga alohida tanlov amalga oshirilyapti. Chin yetimlar ham davlat hisobidan o'qitilyapti. Bu yil ming nafarga yaqin chin yetim talabalar o'qishga qabul qilindi va ular to'liq davlat hisobidan o'qitilmoqda. Shu bilan birga, kam ta’minlangan xotin-qizlar uchun ham ikki mingta kvota ajratilgan. Shuningdek, besh yil stajga ega bo'lgan 500 nafar xotin-qizlarga ham kvotalar berilmoqda”, — degan vazir o‘rinbosari.



Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar