Global UGRAD: AQShda to‘liq moliyalashtirilgan o‘qish imkoni

Global UGRAD dasturi orqali AQSh universitetlarida 1 semestr bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ling. Talablar, hujjatlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishing.

2
Global UGRAD: AQShda to‘liq moliyalashtirilgan o‘qish imkoni

Global UGRAD: AQShda 1 semestr bepul ta'lim oling

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ajoyib yangilik: AQSh Davlat departamenti tomonidan homiylik qilinadigan Global UGRAD dasturi o‘z eshiklarini ochdi. Ushbu almashinuv dasturi bakalavriat talabalariga Amerika universitetlarida bir semestr davomida bepul tahsil olish imkonini beradi.

Agar siz talabalar uchun mo‘ljallangan xalqaro dasturlarga qiziqsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun. Dastur doirasida ishtirokchilar AQSh madaniyati va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishlari hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

Dastur doirasida nimalar qoplanadi?

Global UGRAD to’liq moliyalashtiriladigan dastur bo’lib, quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:

  • AQShga borish va qaytish aviachiptalari;
  • Universitetda o‘qish to‘lovlari;
  • Yotoqxona va ovqatlanish xarajatlari;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • O‘quv qo‘llanmalari va oylik stipendiya.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida taqdim etiladigan akademik muhit haqida ko‘proq bilish uchun tegishli manbalarni kuzatib boring.

Muvofiqlik talablari

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish va mamlakatda istiqomat qilish;
  • 18 yoshdan kichik bo‘lmaslik;
  • O‘zbekistondagi universitetlarning 1, 2 yoki 3-bosqich talabasi bo‘lish;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish (TOEFL iBT minimal 48 ball).

Kerakli hujjatlar

  • 600 so‘zdan iborat insho (motivatsion);
  • Tanlov asosidagi ikkinchi insho;
  • 2 ta tavsiyanoma (yuklab olish: 1-tavsiyanoma va 2-tavsiyanoma);
  • Baholar tarjimasi va pasport nusxasi.

Muhim: Dasturga arizani ushbu havola orqali topshiring. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar