Flinders universiteti stipendiyasi: Avstraliyada bepul ta'lim
1966-yilda tashkil etilgan Flinders universiteti Adelaida shahridagi eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblanadi. Universitet xalqaro talabalar uchun magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha to‘liq moliyalashtirilgan grantlarni taqdim etadi.
Stipendiya imtiyozlari
Grant dasturi talabalarning barcha xarajatlarini qoplaydi, jumladan:
- To‘liq o‘qish to‘lovi;
- Kunlik xarajatlar uchun 28 594 dollar stipendiya;
- Bepul turar joy;
- Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovidan ozod etilish;
- Xalqaro tibbiy sug‘urta;
- Aviachiptalar va borib-kelish xarajatlari uchun 1 485 dollar.
Qabul talablari va hujjatlar
Nomzodlar universitetning akademik talablariga javob berishi hamda tegishli ingliz tili sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Boshqa talabalar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Hujjatlar tarkibiga:
- Bakalavr va magistr diplom ilovalari (transkript);
- Pasport nusxasi;
- CV yoki rezyume;
- Maqsad bayonnomasi (Statement of Purpose);
- Tadqiqot taklifi;
- Ikkita tavsiya xati kiradi.
O‘qishga kirish jarayoni bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasidagi tahliliy ma'lumotlarni o'rganish foydali bo'lishi mumkin.
Muhim eslatma
Siz ilmiy rahbar bilan oldindan bog‘lanib, tadqiqot mavzusi bo‘yicha maslahat olishingiz mumkin. Ariza topshirishdan oldin barcha hujjatlarni universitetning rasmiy sayti orqali yuklang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.