Asia Youth International MUN nima?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli (MUN) – bu xalqaro delegatsiyalar, Ijroiya Kengashi va Xalqaro matbuot o‘rtasidagi qoidalar, tartiblar va ish jarayonini o‘z ichiga olgan akademik simulyatsiyadir. Ushbu platforma yoshlarga global muammolarni tahlil qilish va ularga yechim izlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Nima uchun ishtirok etish kerak?
Bugungi dunyo iqlim o‘zgarishi, qashshoqlik va tengsizlik kabi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirishda yoshlarning faolligi va ularning imkoniyatlarini kengaytirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar siz talabalar uchun mo‘ljallangan xalqaro loyihalarga qiziqsangiz, MUN ayni muddao.
Ishtirok etish talablari
- Tadbirda butun dunyo yoshlari ishtirok etishi mumkin;
- Nomzodlar o‘rta maktab o‘quvchilari, universitet talabalari yoki bitiruvchilar bo‘lishi mumkin;
- Nomzodning yoshi cheklanmagan;
- O‘quv dasturlarida BMT modelidan foydalanadigan o‘qituvchilar ham qatnasha oladi.
Bundan tashqari, abituriyentlar uchun ham xalqaro tajriba orttirish kelgusida o‘qishga kirish va rivojlanishda katta yordam beradi.
Tadbir tafsilotlari
O‘tkazilish joyi: Onlayn
O‘tkazilish sanasi: 2022-yil, 20-22-may
Oxirgi muddat: 2022-yil, 15-may
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish.
Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.