Humphrey Fellowship: AQShda 10 oylik magistratura dasturi
AQShda o‘tkaziladigan nufuzli “Humphrey Fellowship” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy ma'lumot berdi. Dastur 10 oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish imkonini beradi.
Dastur kimlar uchun mo'ljallangan?
Stipendiyalar davlat, jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda faoliyat yurituvchi, boshqaruv qobiliyatiga ega yetakchi mutaxassislarga ajratiladi. Agar siz o'z sohangizda rivojlanishni istasangiz, talabalar uchun va yosh mutaxassislar uchun mo'ljallangan ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
- Bakalavr darajasi;
- Kamida 5 yillik kasbiy mehnat staji;
- Yuqori darajadagi yetakchilik fazilatlari;
- Ingliz tilini bilish (sertifikat majburiy emas, lekin ilova qilish mumkin).
Eslatma: Oxirgi 5 yil ichida AQShda 6 oydan ortiq muddat istiqomat qilganlar dasturda ishtirok eta olmaydi. O'z sohangizdagi kirish ballari va yo'nalishlar haqida ma'lumot olishni istasangiz, saytimizdagi boshqa bo'limlarni ham kuzatib boring.
Grant nimalarni qoplaydi?
- Universitetga kirish imtihonlari xarajatlari;
- J-1 vizasini olishda ko'mak;
- Aviachiptalar (ekonom-klass);
- Tibbiy sug‘urta va yashash xarajatlari.
Arizalarni joriy yilning 9-iyunigacha rasmiy havola orqali jo‘natishingiz mumkin.


















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.