Texas A&M universiteti: AQSHda ta'lim olish imkoniyati
Texas A&M universiteti (TAMU) – 1876-yilda tashkil etilgan, AQSHdagi nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri. QS Global World Rankings reytingida 168-o‘rinni egallab turgan ushbu dargoh xalqaro talabalar uchun qisman moliyalashtiriladigan grant dasturlarini taqdim etadi.

Grant dasturi haqida ma'lumot
Mazkur dastur barcha davlatlardan kelgan xalqaro talabalar uchun ochiq. Grant universitetning barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga tatbiq etiladi. Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo'lsangiz, universitetga kirish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqishingiz lozim.
Qabul talablari va hujjat topshirish
Universitetga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- SAT balli: 560;
- IELTS: 6.0;
- TOEFL iBT: 80;
- PTE: 53.
Talabalar avvalo universitetning rasmiy portalida ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun murojaat qilish bo‘yicha batafsil ma'lumotni ushbu manzil orqali olishingiz mumkin.
Nega aynan Texas A&M?
Universitet xalqaro talabalarning o‘quv xarajatlarini qoplashga qaratilgan moliyaviy yordam va stipendiyalarni taklif etadi. Talabalar uchun ajratiladigan ushbu grantlar haqida batafsil ma'lumotni rasmiy sahifadan o'qishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.