AQSHda bepul o‘qish: Stamps Scholarship va $12 000 grant

AQSHning Miami universitetida to‘liq moliyalashtirilgan Stamps Scholarship grantini qo‘lga kiriting. Bakalavrda bepul o‘qish va tadqiqotlar uchun $12 000 yutib oling.

4
AQSHda bepul o‘qish: Stamps Scholarship va $12 000 grant

Stamps Scholarship: AQSHda bepul bakalavr ta’limi

AQSHning nufuzli Miami universitetida bakalavr bosqichida tahsil olishni istaysizmi? Stamps Scholarship dasturi xalqaro talabalar uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant imkoniyatini taqdim etadi. Bu dastur nafaqat o‘qish xarajatlarini qoplaydi, balki tadqiqotlar uchun ham moliyaviy ko‘mak beradi.

Grant dasturining afzalliklari

Stamps Scholarship g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt to‘lovidan 100% ozod etilish;
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat ta’minoti;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
  • O‘quv qurollari, kitoblar va shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanish;
  • Kelgusi ilmiy tadqiqotlar uchun $12 000 miqdorida stipendiya.

Batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar

Dasturga barcha millat vakillari, jumladan, abituriyentlar uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Maktab, litsey yoki kollejning bitiruvchi bosqichida o‘qiyotgan bo‘lish;
  • Miami universitetining bakalavr dasturiga ariza topshirgan bo‘lish;
  • IELTS 6.5 yoki unga tenglashtirilgan sertifikat;
  • GPA ko‘rsatkichi kamida 3.0/4.0 bo‘lishi;
  • SAT/ACT test natijalari (mavjud bo‘lsa).

Ariza topshirish jarayoni

Hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi shart. Saralash jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, nomzodlardan 250 so‘zlik insho (essay) yozish va intervyudan o‘tish talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar va talabalar uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishing.

Murojaat uchun: [email protected] yoki +1-305-284-6000.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar