Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari
2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan akademik litseylarga kirish imtihonlari yakunlandi. Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan test sinovlarida 28 mingdan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Test jarayonlari qanday o‘tdi?
Sinovlar respublikamizdagi 29 ta yirik binoda, 2 smenada tashkil etildi. Har bir abituriyent o‘z yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat (IQ) testlarini topshirdi. Umumiy hisobda 60 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratildi.
Natijalar qachon e’lon qilinadi?
Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblab chiqiladi. Yakuniy ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilgandan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
- Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar: abituriyentlar uchun
- Ta'lim yo‘nalishlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqing.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.