Akademik litseyga qabul: maksimal ball qancha? (2024/2025)

2024/2025-o’quv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarida maksimal ball qancha? Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari bilan batafsil tanishing.

2
Akademik litseyga qabul: maksimal ball qancha? (2024/2025)

Akademik litseylarga kirishda maksimal ball qancha?

2024/2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimlarini sinab ko‘rish tavsiya etiladi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari

Barcha test topshiruvchilar uchun jami 60 ta test topshirig‘i taqdim etiladi. Shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlashga, qolgan 40 tasi esa ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha savollarga ajratilgan.

Maksimal ball qanday hisoblanadi?

  • IQ bo‘yicha: 20 ta savol × 1.1 ball = 22 ball
  • 1-fan bo‘yicha: 20 ta savol × 3.1 ball = 62 ball
  • 2-fan bo‘yicha: 20 ta savol × 3.1 ball = 62 ball

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146 ball. Tayyorgarlik jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinishi abituriyentlarga maqsadli harakat qilishda yordam beradi.

Ta’lim yo‘nalishlari va mos fanlar

KodiYo‘nalish nomi1-fan2-fanIjodiy imtihon
3910001Aniq fanlar-1MatematikaFizika
3910002Aniq fanlar-2MatematikaXorijiy til
3910003Aniq fanlar-3MatematikaRasm va chizmachilik
3910004Aniq fanlar-4MatematikaOna tili va adabiyot
3910005Aniq fanlar-5MatematikaGeografiya
3920001Tabiiy fanlar-1BiologiyaKimyo
3920002Tabiiy fanlar-2KimyoBiologiya
3930001Ijtimoiy-gumanitar fanlar-1Ona tili va adabiyotXorijiy til
3930002Ijtimoiy-gumanitar fanlar-2TarixXorijiy til
3930003Ijtimoiy-gumanitar fanlar-3Ona tili va adabiyotBiologiya
3930004Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4TarixGeografiya
3930005Ijtimoiy-gumanitar fanlar-5HuquqshunoslikXorijiy til
3940000Xorijiy tillarXorijiy tilOna tili va adabiyot

Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo‘lib, abituriyentlarga imtihon tizimini to‘liq tushunishga ko‘maklashadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar