Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish tartibi
2023-2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.
Test sinoviga kirish qoidalari
Test sinovlariga kelishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:
- Abituriyentlar test sinoviga albatta pasport (yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
- Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
O'qishga kirish jarayonlari va tayyorgarlik bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi foydali sahifalarga o'tishingiz mumkin:
Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.