2025-yil uchun test sinovlari to‘lov miqdori
2025-yilgi oliy ta’limga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori oshirildi. Endilikda abituriyentlar hamda o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar 187 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari kerak.
Nima uchun to‘lov miqdori o‘zgardi?
Mazkur to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 foiziga teng etib belgilangan. BHM oshishi munosabati bilan test sinovlari narxi ham o‘zgardi:
- O‘tgan yili: 170 000 so‘m (BHM 340 000 so‘m bo‘lganda).
- Joriy yilda: 187 500 so‘m (BHM 375 000 so‘m bo‘lganda).
Abituriyentlar o‘z tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida tayyorgarlik ko'rishlari va to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishlari tavsiya etiladi.
Kimlar test to‘lovidan ozod etiladi?
Quyidagi toifadagi abituriyentlar test sinovlari uchun to‘lovdan to‘liq ozod etiladi:
- Shu yili maktabni bitirayotgan o‘quvchilar;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
- Bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turgan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlar.
Qaysi testlar uchun to‘lov amal qiladi?
Ushbu to‘lov quyidagi jarayonlar uchun majburiydir:
- Bakalavriatga kirish testlari;
- O‘qishni boshqa OTMga yoki yo‘nalishga ko‘chirish testlari.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun to‘lov amalga oshirilgachgina ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangan hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.