2024-2025 o‘quv yili test sinovlari haqida muhim ma’lumotlar
2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan rasman boshlanadi. Barcha abituriyentlardan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.
Test sinovlari sanasi va smenalari
Testlar har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:
- 1-smena: soat 08:00 da boshlanadi
- 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi
Abituriyentlar test sinovi boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin imtihon hududiga yetib kelishlari shart. O‘zingiz tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Abituriyent ruxsatnomasini olish
Test sinovlarida ishtirok etish uchun barcha abituriyentlar o‘zlarining “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari va albatta chop etib olishlari lozim.
Test sinovlarida ishtirok etish qoidalari
- Imtihon faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smenada o‘tkaziladi. Boshqa hudud yoki vaqtda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
- Testga kirish uchun asl pasport (yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi shart.
- Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Barcha abituriyentlarga o‘qishga kirish jarayonlarida muvaffaqiyat tilaymiz! Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun bo‘limimizni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.