5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun imtiyozlar
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lganlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari shart.
Tavsiyanoma olish uchun talablar
Talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga mos kelishi kerak:
- O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lish;
- Tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
- O‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish.
Kerakli hujjatlar va muddatlar
Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
- O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
Taqdim etilgan hujjatlar 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Qo'shimcha ma'lumotlarni abituriyentlar uchun bo'limidan topishingiz mumkin.
Muhim eslatmalar
Eslatma 1: O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar qayta hujjat topshirishi shart emas, ularning tavsiyanomasi hali ham kuchga ega.
Eslatma 2: O‘tgan yili tavsiyanoma asosida o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.