2024-yilgi test sinovlarining yakuniy natijalari
2024/2025 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakunlariga ko‘ra, 321 mingdan ortiq abituriyent tanlovda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy ma'lumot berdi.
Nima uchun 321 ming abituriyent tanlovdan chetlashtirildi?
Joriy yilgi testlarda 56,7 ball belgilangan o‘tish chegarasi bo‘ldi. Afsuski, abituriyentlarning 43,5 foizi (321 ming nafardan ortig‘i) ushbu ko‘rsatkichdan past ball to‘plagani sababli talabalikka nomzodlar safidan chiqdi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga qiziqsangiz, havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, imtihon jarayonlarida tartib-qoidalarni buzgan 159 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi. Ularning 62 nafari hududga kirish joyida, 97 nafari esa auditoriya ichida qoidalarni buzgan.
Yuqori ball to‘plagan abituriyentlar ko‘rsatkichlari
Imtihonlarda 210 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning asosiy fanlari kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- 77 nafari tarix va chet tili;
- 43 nafari biologiya va kimyo;
- 40 nafari ona tili va adabiyot hamda ingliz tili;
- 21 nafari davlat huquq asoslari va chet tili fanlaridan.
Abituriyentlar uchun foydali maslahatlar va yangiliklarni abituriyentlar uchun maxsus sahifamizda kuzatib borishingiz mumkin. Ma'lumotlar rasmiy manbalardan olindi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.