2025/2026-o‘quv yilida maksimal ball 189 etib belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovi baholash mezonlarini rasman tasdiqladi. Yangi o‘quv yilida fanlar ketma-ketligi, test topshiriqlari soni hamda baholash tartibi o‘tgan yilgi mezonlar asosida saqlab qolindi.
Test topshiruvchilar uchun baholash mezonlari
Abituriyentlar uchun 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test savoli taqdim etiladi. Baholash tizimi quyidagicha:
Majburiy fanlar (3 ta):
- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) – 10 ta savol, har biri 1.1 ball, jami 11.0 ball
- Matematika – 10 ta savol, har biri 1.1 ball, jami 11.0 ball
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol, har biri 1.1 ball, jami 11.0 ball
- Majburiy fanlar jami: 33 ball
Ixtisoslik fanlari (2 ta):
- 1-fan – 30 ta savol, har biri 3.1 ball, jami 93.0 ball
- 2-fan – 30 ta savol, har biri 2.1 ball, jami 63.0 ball
- Ixtisoslik fanlari jami: 156 ball
Umumiy hisobda abituriyentlar maksimal 189 ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar
O‘tish ballari bilan bog‘liq ma'lumotlarni oliygohlar kirish ballari sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin. Test baholash tizimi o‘zgarishsiz qolganligi sababli, abituriyentlar oldingi yillardagi tayyorgarlik usullari va darsliklardan samarali foydalanishlari tavsiya etiladi.
Rasmiy ma’lumotlar uchun: gov.uz/edu

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.