2024-2025 o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi
Ta’lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklardan biri — respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2024-2025-o‘quv yili uchun maqsadli qabul kvotalarining tasdiqlanishi bo‘ldi. Bu o‘zgarish ayniqsa maktab ta’limida kadrlar tanqisligi kuzatilayotgan hududlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Agar siz abituriyent bo‘lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni o‘qib borish imkoniyatiga egasiz.
Hududlar kesimida maqsadli qabul taqsimoti
Maqsadli qabul parametrlari pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar uchun davlat granti asosida ajratildi.
Nukus davlat pedagogika instituti (Jami: 17 o‘rin)
- Matematika: 3 o‘rin (To‘rtko‘l, Ellikqal’a)
- Amaliy matematika: 3 o‘rin (Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Ellikqal’a)
- Fizika: 3 o‘rin (Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Ellikqal’a)
- Kimyo: 1 o‘rin (Taxtako‘pir)
- Tarix: 1 o‘rin (To‘rtko‘l)
- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi: 1 o‘rin (Ellikqal’a)
- Ona tili va adabiyoti: 3 o‘rin (Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Bo‘zatov)
- Xorijiy til va adabiyoti: 1 o‘rin (Taxtako‘pir)
- Musiqa ta’limi: 1 o‘rin (Mo‘ynoq)
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: 1 o‘rin (Mo‘ynoq)
Buxoro davlat pedagogika instituti (Jami: 30 o‘rin)
- Matematika: 2 o‘rin (Peshku, Romitan)
- Amaliy matematika: 1 o‘rin (Shofirkon)
- Fizika: 3 o‘rin (Peshku, Romitan, Shofirkon)
- Kimyo: 4 o‘rin (G‘ijduvon, Peshku, Romitan, Shofirkon)
- Biologiya: 3 o‘rin (G‘ijduvon, Peshku, Romitan)
- Geografiya: 2 o‘rin (Romitan, Shofirkon)
- Ona tili va adabiyoti: 3 o‘rin (Peshku, Romitan, Shofirkon)
- O‘zbek tili va adabiyoti: 1 o‘rin (Romitan)
- Xorijiy til va adabiyoti: 3 o‘rin (Peshku, Romitan, Shofirkon)
- Jismoniy madaniyat: 1 o‘rin (Shofirkon)
- Texnologik ta’lim: 1 o‘rin (G‘ijduvon)
- Musiqa ta’limi: 3 o‘rin (Peshku, Romitan, Shofirkon)
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: 3 o‘rin (G‘ijduvon, Peshku, Romitan)
Maqsadli qabul doirasidagi barcha ma’lumotlar bilan ushbu hujjat orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
Maktab ta’limi (maqsadli) – 2024-yil
Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.