Maqsadli qabul: Abituriyentlar uchun nimalar o‘zgaradi?

Maqsadli qabul asosida o‘qishga kirishning afzalliklari va majburiyatlari nimalardan iborat? Barcha muhim jihatlar va shartlar bilan ushbu maqolada tanishing.

4
Maqsadli qabul: Abituriyentlar uchun nimalar o‘zgaradi?

Maqsadli qabul: Abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar

Ta’lim tizimidagi yangiliklar abituriyentlar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent o‘sha kvota doirasida grant o‘rin uchun harakat qiladi va unda byudjet asosida o‘qishga kirish imkoni ko‘proq bo‘ladi.

Muhimi shundaki, agar maqsadli kvotaga ball yetarli bo‘lmasa, xavotirga o‘rin yo‘q. Abituriyent hamma qatori umumiy tanlovda ishtirok etish huquqini saqlab qoladi. Oliy ta’lim muassasalariga kirishda oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish foydadan holi emas.

Maqsadli qabulning asosiy shartlari

Ushbu tizimning o‘ziga xos jihatlari va majburiyatlari mavjud. Abituriyentlar uchun eng muhim talablar quyidagilardir:

  • Majburiy ishlash: Maqsadli qabul asosida o‘qigan talaba o‘qishni tamomlagandan so‘ng, belgilangan hududda 5 yil davomida ishlab berishi shart.
  • O‘qishni ko‘chirish taqiqlanadi: Ushbu tizim orqali o‘qishga kirgan talabaga o‘qishini boshqa muassasaga yoki hududga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlar qismida qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar