2026/2027-o‘quv yili uchun xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga 30 ta davlat granti ajratildi. Grant o‘rinlari tanlov yo‘nalishlari va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimida taqsimlangan.
Xorijdagi yoshlar uchun nechta grant ajratildi?
Tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, jami 30 ta davlat granti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan:
Reklama
- O‘zbek tili va adabiyoti – 10 ta;
- Tarix – 5 ta;
- Madaniyat va san’at – 15 ta.
Qaysi bakalavriat yo‘nalishlariga qabul amalga oshiriladi?
Davlat grantlari quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun ajratilgan:
| Tanlov yo‘nalishi | Bakalavriat ta'lim yo‘nalishi | Kvota |
|---|---|---|
| O‘zbek tili va adabiyoti | 60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti | 10 |
| O‘zbek tili va adabiyoti | 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili | |
| Tarix | 60220300 – Tarix | 5 |
| Madaniyat va san’at | San'at ta'lim sohasidagi barcha bakalavriat yo‘nalishlari | 15 |
| Madaniyat va san’at | 60110500 – Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi | |
| Madaniyat va san’at | 60110600 – Musiqa ta'limi |
InfoEdu.uz o‘rganishicha, mazkur kvotalar xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida tahsil olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.