Tanlov ustuvorligi va Maqsadli qabul: Abituriyentlar uchun qo‘llanma

Tanlov ustuvorligini belgilash tartibi va maqsadli qabulning afzalliklari hamda majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot oling. Grantga kirish imkoniyatini oshiring.

3
Tanlov ustuvorligi va Maqsadli qabul: Abituriyentlar uchun qo‘llanma

Tanlov ustuvorligini belgilash va maqsadli qabul nima?

Abituriyentlar uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish jarayonidagi eng muhim bosqichlardan biri bu tanlov ustuvorligini to‘g‘ri belgilash va maqsadli qabul tizimini tushunib yetishdir. Quyida ushbu jarayonlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Tanlov ustuvorligini belgilash

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvorlikni quyidagicha belgilashlari mumkin:

  • “Davlat granti” ustuvorligi: Bunda abituriyent tanlagan barcha yo‘nalishlarda avvalo grant, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etadi.
  • “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligi: Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha ketma-ketlikda ham grant, ham kontrakt asosida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov aniq ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi, shuning uchun tanlov ustuvorligini tanlashda e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi. O‘zingiz tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish foydali bo‘ladi.

Tushunish oson bo‘lishi uchun oliygohlar kirish ballari statistikasi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq.

Maqsadli qabul nima va u qanday ishlaydi?

Maqsadli qabul – bu muayyan hududlar uchun ajratilgan kvota bo‘lib, unda faqat o‘sha hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan (propiskasi bor) abituriyentlar qatnasha oladi.

Maqsadli qabulning asosiy shartlari:

  • Abituriyent o‘z hududi uchun ajratilgan maxsus kvota va umumiy kvota uchun bir vaqtning o‘zida tanlovda qatnashadi.
  • Maqsadli qabul asosida o‘qishga kirgan talabaga o‘qishni ko‘chirishga (perevod) ruxsat berilmaydi.
  • O‘qishni tamomlagandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati mavjud.

Agar abituriyent maqsadli qabul uchun yetarli ball to‘play olmasa, u avtomatik tarzda umumiy tanlovda ishtirok etishda davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun ushbu videoni tomosha qiling:

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar