2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun 1 031 ta maqsadli qabul kvotasi tasdiqlandi.
Mazkur kvotalar tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda ayrim boshqa oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlangan. 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan barcha kvotalar bilan 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun nechta maqsadli kvota ajratildi?
Reklama
Tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 1 031 ta maqsadli davlat granti ajratilgan.
Shundan:
- o‘zbek tilida – 1 008 ta
- qoraqalpoq tilida – 23 ta.
Kvotalar qaysi oliy ta’lim muassasalariga taqsimlandi?
Maqsadli qabul kvotalarining asosiy qismi quyidagi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan:
- Buxoro davlat tibbiyot instituti – 264 ta
- Andijon davlat tibbiyot instituti – 179 ta
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 153 ta
- Urganch davlat tibbiyot instituti – 101 ta
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali – 87 ta
- Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti – 86 ta
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali – 68 ta
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti – 60 ta.
Shuningdek, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Navoiy davlat universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetiga ham ayrim maqsadli kvotalar ajratilgan.
Qaysi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kvotalar ajratilgan?
Hujjatga ko‘ra, kvotalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlangan:
- Davolash ishi
- Pediatriya ishi
- Oliy hamshiralik ishi
- Tibbiy profilaktika ishi
- Fundamental tibbiyot.
📄 Sog‘liqni saqlash sohasidagi maqsadli qabul kvotalarining to‘liq taqsimotini yuklab olish:

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.