Sirtqi ta'limdagi yangi o'zgarishlar: 14 ta yo'nalish yopildi
Prezidentning PQ-289-sonli qaroriga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatildi.
Agar siz tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz, havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Sirtqi ta'limga qabul qilinmaydigan yo'nalishlar ro'yxati:
- 60110600 — Matematika va informatika
- 60110700 — Fizika va astronomiya
- 60110800 — Kimyo
- 60110900 — Biologiya
- 60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- 60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
- 60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
- 60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
- 60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
- 60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
- 60112500 — Maktab menejmenti
- 60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
- 60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
Foto: Kun.uz
Pedagogik ish staji talabi
Yuqoridagi ro'yxatga kirmagan pedagogika yo'nalishlariga sirtqi shaklda o'qish uchun ta'lim tizimida kamida 5 yillik pedagogik ish staji talab etiladi. Bu ma'lumotlar «Yagona milliy mehnat tizimi» asosida tekshiriladi. Pedagoglar o'z malakasini oshirish bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni pedagog attestatsiya sahifasidan olishlari mumkin.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.