2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari yangi tartibda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2023/2024 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yangi tartib muhokama qilindi.
Test sinovlari qayerda o‘tkaziladi?
Qayd etilishicha, avvalgi yillarda test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus binolarning yetishmasligi sababli jarayonlar dam olish kunlari ta’lim muassasalarida tashkil etilgan. 2023-yilgi qabul jarayonida esa test sinovlari uchun 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi.
- Test sinovlari uchun 92 ta yopiq pavilon tayyorlandi.
- 15 ta umumta’lim fanidan 26 520 ta test topshirig‘i shakllantirildi.
- Qardosh tillarda 2 400 ta test topshirig‘i ekspertizadan o‘tkazildi.
- 4 000 nafarga yaqin guruh nazoratchilari saralab olindi.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya sababli 2020-2022 yillarda testlar ochiq stadionlarda o‘tkazilgan edi. Abituriyentlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlari hamda DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimlarini oldindan sinab ko‘rishlari mumkin.
Bu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.