2025-yil oliy ta'limga hujjat topshirish: Barchasi onlayn
2025-yilgi o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni rasmiy ravishda 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Bu yilgi qabul jarayoni abituriyentlar uchun yangi qulayliklarni taqdim etadi.
Qayerda va qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Hujjatlar faqat onlayn tarzda my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tishdan avval barcha kerakli hujjatlaringizni tayyorlab qo‘yishingiz tavsiya etiladi.
Qabul tartibidagi muhim yangiliklar
- Abituriyentlar avvalo kirish imtihonlarida ishtirok etadilar.
- Imtihon natijalari e'lon qilingandan so‘ng, to‘plangan ballar asosida kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlov amalga oshiriladi.
- Hujjat topshirish vaqtida yo‘nalish tanlash shart emas, bu esa abituriyentlarga o‘z imkoniyatlarini xolisona baholash imkonini beradi.
Abituriyentlar uchun tavsiyalar
Tayyorgarlik jarayonini yanada samaraliroq qilish uchun DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko‘ring. Shuningdek, o‘zingiz qiziqqan oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish maqsadga muvofiq.
Esda tuting, qabul jarayonidagi bu o‘zgarishlar abituriyentlarga shoshilmasdan, aniqroq qaror qabul qilish va grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.