Avstraliyada ta’lim: ANU universitetidan 18 750$ grant

Avstraliya milliy universiteti (ANU) o’zbekistonlik talabalar uchun 18 750 dollarlik grant dasturini e’lon qildi. Magistratura uchun imkoniyatdan foydalaning!

3
Avstraliyada ta’lim: ANU universitetidan 18 750$ grant

Avstraliya Milliy Universitetida (ANU) 18 750 dollarlik grant

Avstraliyada magistratura bosqichida tahsil olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat! ANU Global Diversity Scholarship dasturi xalqaro talabalarga yiliga 18 750 AQSh dollari miqdorida grant ajratadi.

Grant haqida asosiy ma'lumotlar

Ushbu stipendiya dasturi magistratura va malaka oshirish (pathway program) bosqichidagi barcha yo'nalishlar uchun amal qiladi. Dastur muddati 4 yilgacha bo'lishi mumkin.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

  • O'zbekiston fuqarolari (dasturda ishtirok etuvchi davlatlar ro'yxatida mavjud);
  • ANU universitetining magistratura yoki pathway dasturlariga qabul qilingan talabalar;
  • Ingliz tilini mukammal darajada biladigan nomzodlar.

Muhim eslatmalar

Nomzodlar o'z tanlagan magistratura dasturi talablariga to'liq javob berishlari shart. Grant yashash xarajatlarini qoplamaydi. Batafsil ma'lumotlar va ariza topshirish tartibi bilan universitetning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, talabalar uchun foydali maslahatlar va abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlarni kuzatib borishni unutmang.

Kandidatlarga ariza topshirishdan oldin ushbu PDF hujjatni diqqat bilan o'qib chiqish tavsiya etiladi.

Qo'shimcha savollar uchun: [email protected]

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar