Yuridik fakultetga kirish uchun qaysi fan asosiy?
Yuridik yo‘nalishlarda tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun eng muhim fan — huquq hisoblanadi. Ushbu talab nafaqat Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), balki respublikamizdagi barcha huquqshunos kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari uchun birdek amal qiladi.
IELTS sertifikati bo‘yicha yangi qoidalar
Avvalgi yillarda, xususan 2023-yilgi imtihongacha, Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish uchun IELTS sertifikatidagi writing (yozish) ko‘nikmasi kamida 5,5 ball bo‘lishi talab qilingan. Hozirgi kunda bu talab bekor qilingan.
Endilikda sertifikatning umumiy darajasi B2 bo‘lsa yetarli, writing qismidan necha ball to‘plaganingiz muhim emas.
Abituriyentlar uchun foydali manbalar
- Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqing.
- Qaysi yo‘nalishda qancha ball talab etilishini bilish uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida sahifasiga o‘ting.
Batafsil ma'lumotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.