Talabalar yotoqxonasi uchun to‘lov imtiyozlari tartibi
Oliy ta’lim muassasalarida yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar OTM Kengashi tomonidan belgilanadi. Ushbu imtiyozlar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yotoqxona to‘lovidan butunlay ozod etiladiganlar
Quyidagi toifadagi talabalar yotoqxona uchun to‘lovlardan to‘liq ozod etiladi:
- Ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi bo‘lganlar;
- Chin yetimlar (ota-onasi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onasidan biri vafot etganlar);
- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa talabalar.
50 foiz chegirma beriladigan toifalar
To‘lov miqdoridan 50 foiz chegirma quyidagi talabalarga taqdim etiladi:
- Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi bo‘lganlar;
- O‘z vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardorlari hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.
Ta’lim jarayoni va oliygohlardagi kirish ballari haqidagi yangiliklardan doimo xabardor bo‘lish uchun saytimizni kuzatib boring. Ushbu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.