2024-2025 o‘quv yili super kontrakt narxlari tasdiqlandimi?

2024-2025 o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari hali tasdiqlanmadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmang, rasmiy xabarlarni kuzatib boring.

5
2024-2025 o‘quv yili super kontrakt narxlari tasdiqlandimi?

2024-2025 o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari hali tasdiqlanmagan

So‘nggi kunlarda ayrim telegram kanallarida 2024-2025 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt miqdorlari eʼlon qilinganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuni ma'lum qilamizki, ushbu ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Super kontrakt narxlari qanday belgilanadi?

OTMlarga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun super kontrakt miqdori har yili Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. Joriy yil uchun narxlar hali tasdiqlanmagan va rasman e’lon qilinmagan.

Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar:

Eslatib o‘tamiz, ushbu miqdorlar joriy yilda o‘zgarishi mumkin. Yangi o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari tasdiqlanishi bilan saytimiz orqali rasmiy ma'lumot beriladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar