“To‘maris izdoshlari” guruhlari qanday tashkil etiladi?
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Hukumat qaroriga ko‘ra, ushbu guruh a’zolariga maxsus tavsiyanoma asosida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish huquqi beriladi.

Guruhga kimlar qabul qilinadi?
2023-yil 1-iyundan boshlab quyidagi talablarga javob beradigan xotin-qizlar ko‘ngilli asosda jalb etiladi:
- Yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmaganlar;
- Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar;
- Biriktirilgan hududda doimiy yashovchilar;
- Tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlar.
Imtiyozlar va maqsad
Guruhlarning asosiy vazifasi ta’lim muassasalaridagi qizlarning huquqlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat. Faoliyatida munosib hissa qo‘shgan a’zolar Ichki ishlar vazirligi tavsiyanomasi bilan huquq-tartibot organlari OTMlariga test sinovlarisiz, kvota asosida qabul qilinadi.
Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar:
- Barcha kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqing.
- Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun ruknidagi yangiliklarni kuzatib boring.
Tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni kvotadan ko‘p bo‘lgan taqdirda, qabul tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.