Xotin-qizlar uchun kollej va texnikumlarda bepul ta'lim
Hukumatning 516-sonli qaroriga ko'ra, 2023/2024-o'quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda kasb egallash istagidagi xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Endilikda ular davlat granti asosida ta'lim olishlari mumkin.
Qaysi sohalar grant asosida o'qitiladi?
Davlat granti quyidagi yo'nalishlar bo'yicha taqdim etiladi:
- Qurilish va transport
- Kommunal soha
- Qishloq xo'jaligi
- Xizmat ko'rsatish
Ushbu grant ajratish xarajatlari respublika byudjeti hisobidan qoplanadi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, tanlovingizni to'g'ri amalga oshiring.
Ariza topshirish tartibi
To'lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabgorlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti uchun ariza topshirishlari shart. Bu borada abituriyentlar uchun barcha zaruriy ma'lumotlarni kuzatib boring.
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.