Olimpiada g‘oliblari uchun qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston ta’lim tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim imtiyozlar joriy etilgan. Prezidentning PQ-4306-sonli qaroriga ko‘ra, fan olimpiadalari g‘oliblari oliy taʼlim muassasalariga kirishda alohida ustunliklarga ega.
Respublika olimpiadasi g‘oliblari uchun imtiyozlar
Asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirishda maksimal ball beriladi. Mazkur sertifikat 3 yil davomida amal qiladi. Bu imtiyoz abituriyentlarga kirish ballari yo'nalishlar kesimida yuqori natijalarni qayd etishda yordam beradi.
Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyozlar
Nufuzli xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi. Bular quyidagi xalqaro fan olimpiadalari:
- Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)
- Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)
- Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)
- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)
- Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)
Imtiyozlarning qo‘llanilish tartibi
Yuqoridagi 5 ta xalqaro olimpiadadan tashqari boshqa barcha xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari g‘oliblariga faqat g‘olib bo‘lgan fanidan maksimal ball beriladi. Qolgan fan bloklari bo‘yicha abituriyentlar DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari lozim.
Eslatma: Ushbu maʼlumotlar rasmiy manbalarga asoslangan bo‘lib, olimpiadalarning aniq ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tartibga solinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.