O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul: 10-iyulgacha

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirish tartibi, dastlabki imtihonlar va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan tanishing.

5
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul: 10-iyulgacha

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjatlar qabuli

Abituriyentlar diqqatiga! O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga bakalavriat yo‘nalishiga hujjatlar 2020-yilning 10-iyuliga qadar qabul qilinadi. Akademiyaga kirish istagida bo‘lgan yoshlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Akademiyaning matbuot xizmati rahbari Bahodir Jovliyevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etilgan. Bu haqida batafsil ma’lumotlarni abituriyentlar uchun maxsus sahifamizdan olishingiz mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Hujjatlarni topshirish jarayoni to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi:

  • Abituriyentlar rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
  • Hujjatlar PDF shaklida yoki sifatli suratga olingan holda yuklanishi lozim.
  • Ma’lumotlar pasport ma’lumotlariga mos bo‘lishi shart, aks holda tizim avtomatik ravishda rad etadi.

Dastlabki sinovlar haqida

Akademiya qabul jarayoniga kiritilgan intellektual test shaklidagi dastlabki sinovlar 11-13-iyul kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi. Abituriyentlar o‘zlarining mobil raqamlariga yuborilgan LOGIN va PAROL orqali imtihonga kirishlari mumkin. O‘zingizni sinab ko‘rish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar 15-20-iyul kunlari my.gov.uz portali orqali asosiy test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar