Weiser Professional Development Fellows: AQShda bepul amaliyot

Michigan universitetida o’qituvchilar uchun xarajatlari to’liq qoplanadigan Weiser Professional Development Fellows dasturi haqida batafsil ma’lumot.

5
Weiser Professional Development Fellows: AQShda bepul amaliyot

Weiser Professional Development Fellows: AQShda xalqaro amaliyot

Michigan universiteti qoshidagi The Ronald and Eileen Weiser markazi yosh o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun xalqaro grant dasturini e’lon qildi. Bu dastur Yevrosiyo mintaqasi, shu jumladan O‘zbekistonlik pedagoglar uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida malaka oshirish imkoniyatini beradi.

Dastur tafsilotlari

Ishtirokchilar Michigan universitetida 4-6 hafta davomida ilmiy tadqiqotlar olib borishlari hamda ta’lim sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishlari kutiladi. Dastur to‘liq moliyalashtiriladi.

Dasturning manfaatli jihatlari

  • Xalqaro sayohat xarajatlari to‘liq qoplanadi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • CV (tarjimai hol);
  • Doktorlik darajasi diplomi;
  • Pasport nusxasi;
  • Shaxsiy bayonot (tadqiqot rejasi va dasturning foydasi haqida);
  • Michigan universitetidan taklif xati;
  • Tavsiyanoma;
  • TOEFL sertifikati (mavjud bo‘lsa).

O‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish kelajakdagi faoliyatda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlarida xalqaro malaka oshirish sertifikatlari katta ustunlik berishi mumkin.

Oxirgi muddat: 15 sentabr. Batafsil ma’lumotlar bilan rasmiy saytda tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar