VinUniversity stipendiyasi: Vetnamda to‘liq grant yutib oling

VinUniversity 2022 bakalavriat dasturi uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grantlarni e’lon qildi. O‘qish to‘lovlari va yashash xarajatlarini qoplash imkoniyati.

1
VinUniversity stipendiyasi: Vetnamda to‘liq grant yutib oling

VinUniversity: Vetnamda xalqaro ta’lim va grant dasturlari

Vetnamning nufuzli xususiy va notijorat oliygohi bo‘lgan VinUniversity xalqaro talabalar uchun 2022-2023 o‘quv yili uchun yangi grant dasturlarini e’lon qildi. Bu abituriyentlar uchun xorijda sifatli ta’lim olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

VinUniversity grant turlari

Universitet tomonidan talabalar uchun 3 xil turdagi moliyaviy yordam taqdim etiladi:

  • To‘liq stipendiya: O‘qish to‘lovining 90% – 100% qismini qoplaydi. Iste’dodli talabalarga qo‘shimcha ravishda 1,500 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.
  • Need-sensitive International Fellowship: O‘qish davri uchun to‘lovning 50% – 80% qismini qoplaydi.
  • Vingroup subsidiyasi: Barcha qabul qilingan talabalar uchun 35% miqdorida subsidiya taqdim etiladi.

Qabul talablari

  • O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan bo‘lish;
  • IELTS sertifikati: kamida 6.5 ball (har bir bo‘lim 6.0 dan past bo‘lmasligi kerak);
  • Xalqaro talabalar uchun ariza to‘lovi bekor qilingan.

Ta’lim yo‘nalishlari

Talabalar quyidagi kollejlarga hujjat topshirishlari mumkin:

  • Biznes boshqaruvi: Biznes va mehmondo‘stlikni boshqarish.
  • Sog‘liqni saqlash: Tibbiyot fanlari va hamshiralik ishi.
  • Muhandislik va kompyuter fanlari: Mashinasozlik, elektrotexnika va kompyuter fanlari.

O‘zingizni qiziqtirgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy sahifasi orqali tekshirishingiz mumkin.

Oxirgi muddat: 22.04.2022. Qo‘shimcha savollar uchun: [email protected] yoki WhatsApp: +84 777220 694.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar