Vetnamda bepul o’qish: Ton Dyuk Txang universitetidan stipendiya

Vetnamning nufuzli Ton Dyuk Txang universitetida bepul bakalavr bosqichida o’qish imkoniyati! Stipendiya shartlari va ariza topshirish tartibi bilan tanishing.

4
Vetnamda bepul o’qish: Ton Dyuk Txang universitetidan stipendiya

Ton Dyuk Txang universitetida bepul ta'lim

Xorijda ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! Vetnamning nufuzli Ton Dyuk Txang universiteti (TDTU) xorijiy talabalar uchun to'liq qoplanadigan stipendiyalar dasturini e'lon qildi.

Stipendiya haqida qisqacha:

  • Manzil: Vetnam
  • Daraja: Bakalavr
  • Muddat: 31-iyul
  • Imtiyoz: O'qish va yotoqxona xarajatlari to'liq qoplanadi

1997-yilda tashkil etilgan TDTU Vetnamdagi eng yaxshi universitetlardan biri bo'lib, xalqaro reytinglarda (ARWU) dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kirgan. Har yili 50 ta o'ringa ega bo'lgan ushbu stipendiya vetnam yoki ingliz tilidagi dasturlar uchun taqdim etiladi.

Qabul talablari:

  • Maktab, litsey yoki kollejda yuqori o'zlashtirish ko'rsatkichlari;
  • IELTS sertifikati (5.0 balldan yuqori).

Agar siz xorijda o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarimizni o'qib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, o'z bilimingizni sinab ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havolalardan foydalaning:

Rasmiy qo'llanma va batafsil ma'lumot

Ariza topshirish portali

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar