Maktablarni tekshirish vakolatiga ega davlat organlari
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalarida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli organlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ma’lumotlar maktab ma’muriyati va pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega tashkilotlar
Quyidagi davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda maktablarda tekshiruvlar o‘tkazishi mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
- Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy bo‘linmalari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
Ta’lim sifatini oshirish va maktab muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun maktab darsliklarini yuklab olish sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin. Siz ushbu tekshiruvlar tartibi haqida nimalarni bilasiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.