Tibbiyot OTMlarida o‘qishni ko‘chirish (perevod) natijalari
Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
O‘qishni ko‘chirish jarayoni va qoidalar
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq, 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi. Natijada, 2022/2023-o‘quv yili bahorgi semestri uchun 76 nafar talabaning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi.
Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlar yoki oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.
Mas’uliyat va hujjatlar
Eslatib o‘tamiz, OTM rektori o‘qishi ko‘chirilayotgan talabaning o‘quv rejalari va dasturlarini, shunga asosan o‘quv kursini belgilashga shaxsan javobgardir. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib tiklash to‘g‘risidagi hujjatlarning qonuniyligi uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklanadi.
Quyidagi fayllar orqali ro‘yxat bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.