Test sinovlariga kirishda nimalarga e'tibor berish kerak?
Oliy ta'lim muassasalari imtihonlari yaqinlashar ekan, abituriyentlar uchun eng muhim qoidalarni eslatib o'tamiz. Test sinovlariga kirish uchun pasport (ID-karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi asl nusxasi talab etiladi.
Hujjatlarni unutish — testdan chetlashtirishga sabab
Ba'zi abituriyentlar pasportini unutib, uning nusxasi yoki telefondagi rasmi bilan kirishga urinishmoqda. Bu qoida buzilishi hisoblanadi va abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuning uchun, imtihon joyiga chiqishdan oldin hujjatlaringizni qayta tekshirib oling.
Kechikish qoidalari va tavsiyalar
Testga o‘z vaqtida kelish juda muhim. Kechikib kelgan abituriyentlar ham test jarayoniga qo'yilmaydi. Yilda bir marta bo‘ladigan ushbu muhim tadbirga belgilangan vaqtdan sal vaqtliroq yetib kelishingiz tavsiya etiladi.
- Barcha abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlarni kuzatib boring.
- Oliy o'quv yurtlari haqida ma'lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o'ting.
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.