DTM test baholash tizimi 2024-2025: Yangi mezonlar

2024-2025 o’quv yili uchun DTM test sinovlari baholash mezonlari tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun majburiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha yangi ballar.

3
DTM test baholash tizimi 2024-2025: Yangi mezonlar

Test sinovi baholash mezonlari: 2024-2025 o'quv yili

2024-2025-o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni rasman tasdiqlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Majburiy fanlar bo‘yicha testlar

Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) uchun quyidagi mezonlar belgilandi:

  • Har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
  • Har bir to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball;
  • Maksimal ball – 33 ball.

Mutaxassislik fanlari baholash tizimi

Mutaxassislik fanlari bo'yicha ballar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-mutaxassislik fani: 30 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball (jami 93 ball);
  • 2-mutaxassislik fani: 30 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball (jami 63 ball).

Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni 90 tani tashkil etadi, maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball esa 189 ballga teng.

Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda DTM standartidagi test tizimi orqali o'z bilimlarini sinab ko'rishlari tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi tasdiqlangan edi. Ushbu yangilik bo'yicha fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar