2025-yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball 189 etib saqlab qolindi
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabulda test fanlari soni va baholash mezonlari rasman tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun baholash tizimida o‘tgan yilgi tartib o‘zgarishsiz qoldirildi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, ushbu yangilik siz uchun muhim.
Majburiy fanlar bloki (30 ta savol)
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq) – 10 ta savol
- Matematika – 10 ta savol
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol
- Har bir to‘g‘ri javob uchun: 1.1 ball
- Jami: 33.0 ball
Ixtisoslik fanlari bloki (60 ta savol)
- 1-fan: 30 ta savol × 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol × 2.1 ball = 63.0 ball
- Jami: 156.0 ball
Umumiy hisobda
Jami 90 ta test topshirig‘i va maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 189.0 ball. Ushbu natijalar asosida abituriyentlarning oliygohlar kirish ballari bilan raqobati aniqlanadi. Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.