Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun yangi tartib
Talabalar va abituriyentlar uchun ta’lim tizimiga oid muhim yangilik e’lon qilindi. Bilimlarni baholash agentligi direktori Majid Karimovning ma’lum qilishicha, abituriyentlar maksimal ball to‘plagan taqdirda ham kontrakt asosida o‘qib qolmasliklari uchun alohida tizim ustida ish olib borilmoqda.
Imtiyozlar va joriy tartib
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda "Temurbeklar maktabi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Harbiy OTMlarga kirishda 30 foiz ball qo‘shib beriladi;
- Boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda esa 15 foiz ball taqdim etiladi.
Ushbu o‘zgarishlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinib, abituriyentlarning grant asosida o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan yangi tizim haqidagi ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.