Qishki ta'til uzaytirildi: Talabalar uchun muhim yangilik
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishki taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga muhim koʻrsatmalar berdi.
Havo haroratining keskin pasayishi va mavsumiy kasalliklar avj olishi xavfi tufayli, taʼtil kunlari talabalarning sogʻligʻini asrash maqsadida qator choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi maʼlumotlar talabalar uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Yotoqxonaga kelgan talabalar uchun qanday choralar ko'rilmoqda?
Taʼtil uzaytirilgan boʻlishiga qaramay, yotoqxonaga kelib boʻlgan talabalarga quyidagi tavsiyalar beriladi:
- Qishki qoʻshimcha taʼtilni ota-onalar bagʻrida, uy sharoitida oʻtkazish tavsiya etiladi.
- OTMlar rahbariyati talabalarning xohishiga koʻra, real vaziyatdan kelib chiqib, zarur sharoitlarni yaratib berishi shart.
- Talabalar oʻz ustilarida ishlash uchun barcha maqolalar va onlayn resurslardan samarali foydalanishlari tavsiya qilinadi.
Vazirlik rahbariyati tomonidan berilgan ushbu topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanligi maʼlum qilindi. Har qanday muammoli vaziyat yuzaga kelganda, talabalar oʻzlari tahsil olayotgan oliygoh rektoratiga murojaat qilishlari mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti maʼlumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.