Talabalar uchun nomdor stipendiyalar: Ro‘yxat va shartlar
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun davlat tomonidan taqdim etiladigan nomdor stipendiyalar o‘z o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ijodiy faoliyati bilan ajralib turuvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Nomdor stipendiyalar kimga beriladi?
Ushbu stipendiyalarga nomzodlar quyidagi talablar asosida saralanadi:
- Bakalavriat bosqichining oxirgi 2 kursida tahsil olish;
- O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari a’lo darajada bo‘lishi (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi” baholardan iborat bo‘lishi mumkin);
- Ilmiy-ijodiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etish.
Stipendiyalar bo‘yicha batafsil huquqiy ma’lumotlarni bu yerdan o‘qib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun foydali maslahatlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan saytimizda tanishib boring.
Yo‘nalishlar kesimida stipendiyalar ro‘yxati
Qaysi sohada qaysi nomdor stipendiya mavjudligini quyidagi ro‘yxatda ko‘rishingiz mumkin:
- Texnika yo‘nalishlarida — Beruniy
- Tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino
- Gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy
- Tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod
- Tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek
- Kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov
- Tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur
- Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy
- Qoraqalpog‘iston OTMlarida — T.Qaipbergenov va I.Yusupov
- Barcha yo‘nalishlarda — I.Karimov nomli stipendiyalar
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.