Talaba oliy ta'lim muassasasidan qanday hollarda chetlashtirilishi mumkin?
Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni qat'iy tartib-qoidalar asosida olib boriladi. Talabalar o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki ichki tartibni buzgan taqdirda, ularni talabalar safidan chetlashtirish to'g'risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Talabalarni o'qishdan chetlashtirish asoslari:
- O‘z xohishiga binoan;
- O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
- O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
- Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
- O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotganlar uchun);
- Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
- Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
- Vafot etganligi sababli.
Akademik ta'til olish huquqi
Shuningdek, talaba harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish kabi uzrli sabablarga ko‘ra akademik ta’til olish huquqiga ega. Oliy ta'lim tizimidagi yangiliklar va oliygohlar kirish ballari haqida batafsil ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.